Янгиликлар
YATT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni ragʻbatlantiruvchi raqobatbardosh va shaffof tadbirkorlik muhitini yaratiladi
YATT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni ragʻbatlantiruvchi raqobatbardosh va shaffof tadbirkorlik muhitini yaratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 247-PQ-son Qaroriga muvofiq 2030-yil 31-dekabrga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun davlat va moliyaviy xizmatlarni onlayn tarzda koʻrsatish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi maxsus huquqiy rejimni joriy etiladi:
- barcha zarur xizmatlarni qamrab oluvchi raqamli platformalarni yaratish, xususan:
- yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va toʻxtatib turish;
- soliqlarni avtomatik ravishda hisoblash va toʻlash;
- daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida deklaratsiyalarni avtomatik ravishda toʻldirish;
- operatsiyalarni real vaqt rejimida fiskallashtirish;
- bank hisobvaraqlarini ochish, ulanish va boshqarish;
- tovar va xizmatlar realizatsiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- jismoniy shaxslar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblar, jumladan, pul oʻtkazmalarini amalga oshirish;
- soliq va boshqa hisobotlarni avtomatik ravishda shakllantirish va yuborish;
- aholi bilan hisob-kitoblarda raqamli platformalar orqali fiskal cheklarni shakllantirish va berish.
2026-yil 1-yanvardan boshlab:
- quyidagilar bekor qilinadi:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash tartibi;
- soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan daromadi yuz million soʻmdan oshmagan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni aylanmadan olinadigan soliq toʻlashdan ozod qilish tartibi;
- yillik aylanmasi 1 milliard soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;
- maxsus huquqiy rejim doirasida:
- jismoniy shaxslarga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda mahsulot va xizmatlarning yiriklashtirilgan guruh identifikatsiya kodlaridan foydalanishga ruxsat beriladi;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq hisobotlari va boshqa maʼlumotlarining toʻgʻri shakllantirilishi hamda oʻz muddatida soliq organlariga taqdim etilishi va soliqlarning toʻlanishi yuzasidan javobgarlik toʻlov tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlar) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard soʻmdan oshganda yoki raqamli platformadan tashqari aylanmalari boʻyicha soliqlarni hisoblash va soliq hisobotlarini taqdim etishning Soliq kodeksida belgilangan amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Batafsil maʼlumot: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PQ-247- son Qarorida.
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi shoʻba boshligʻi X.Prnazarov