Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 592-sonli qarori. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 592-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash.

 

Talabgor — O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organiga murojaat qilgan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami berilgan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.

Murojaat qilish va uni ko‘rib chiqish tartibi

4. Talabgor davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sinov imtihonida qatnashish uchun davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qiladi va Yagona billing tizimi orqali to‘lovni amalga oshiradi.

Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda (kasallik va boshqalar), notarial tartibda tasdiqlangan iltimosnoma asosida ishonchli vakil orqali murojaat qilinganda xizmat ko‘rsatilmaydi.

Talabgor Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, uning murojaati mas’ul xodim tomonidan, YIDXP orqali murojaat qilganda shaxsan o‘zi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng talabgor ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.

Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

Bo’ka tumani Adliya bo’limi

Davlat xizmatlari markazi

Bosh muaxasisi J. Abdulazizov