Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Davlat fuqarolik xizmati yangi yondashuvlar asosida tashkil etiladi.


Davlat fuqarolik xizmati yangi yondashuvlar asosida tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyun kuni “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-95-Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonga ko‘ra, 2025-2026 yillarda davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasining doimiy hamkorligi asosida davlat xizmatida kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi joriy etiladi.

2026 yil 1 yanvardan:

davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinchalik faoliyatining ijobiy natijalariga ko‘ra mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi;

KPI natijalari Xodimlarning kasbiy kompetensiyalari rivojlanishini uzluksiz onlayn monitoring qilish tizimida yig‘iladi va tahlil qilinadi;

2025-yil 1-avgustdan respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlardagi lavozimlarning boshqaruv va yordamchi guruhlari uchun tanlovlar faqatgina Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona portali orqali o‘tkaziladi.

Salohiyatli va istiqbolli rahbarlarning barqaror zaxirasini ta’minlash maqsadida Milliy kadrlar zaxirasi hamda Salohiyatli kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.

2025-yil 1-oktabrdan davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish “hrm.argos.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi.

2026-yil 1-yanvardan Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi.

 

Bo‘ka tuman adliya bo‘limi

DXM yetakchi mutaxassisi

Azimov Farrux Ilxomovich