Янгиликлар
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgach, uning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Agar 16 yoshga to‘lgan shaxs fuqarolik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) yoki pasport o‘rnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish haqida ariza bersa, u holda arizaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan va voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan shaxslar familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirish bo‘yicha arizalarni YIDXP orqali ham berishi mumkin.
Ariza beruvchining shaxsi Face-ID yoki MyID tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Natijasi yuzasidan FHDY organi bir ish kuni ichida ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirish haqidagi arizani ko‘rib chiqish vaqti va bevosita murojaat qilgan holda o‘zi bilan ushbu Qoidalarning 151-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni olib kelishi haqida xabarnoma yuboradi.
Xabarnoma yuborilgan kundan boshlab, besh ish kuni ichida ariza beruvchi bevosita murojaat qilmasa hamda tegishli hujjatlar taqdim etilmasa, ushbu ariza ko‘rib chiqilmaydi.
(149-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
150. Familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalar:
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 15-moddasiga muvofiq;
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida;
agar familiyasi va ismi eshitilishda yoqimsiz bo‘lsa;
agar shaxsning familiyasi va ismi millatiga to‘g‘ri kelmasa;
xohishiga qarab o‘zining nikohgacha bo‘lgan familiyasiga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;
oila uchun umumiy familiyada bo‘lish istagi paydo bo‘lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan bo‘lsa);
bolalarning ota yoki ona bilan bir xil familiyada bo‘lish, onasining nikohgacha bo‘lgan familiyasida bo‘lish, o‘gay otaning yoki vasiysining familiyasida bo‘lish istagi paydo bo‘lganda;
jinsi o‘zgartirilganda;
16 yoshga to‘lgan shaxsga nisbatan otalikni belgilashda ko‘rib chiqiladi.
(150-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
151. Familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
ariza beruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
agar ariza beruvchi nikohda turgan bo‘lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo‘lsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;
agar ariza beruvchining voyaga yetmagan bolalari bo‘lsa, u holda bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari;
agar ariza beruvchi voyaga yetmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;
jins o‘zgartirilganligi haqida tibbiyot muassasasining xulosasi (agar jins o‘zgartirganlik asosi bo‘yicha murojaat etilganda).
(151-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
152. O‘zgartirishlar kiritilishi uchun zarur bo‘lgan dalolatnoma yozuvlari yo‘qolgan taqdirda, familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish ushbu hujjatlar tiklangandan keyin amalga oshiriladi.
BO`KA TUMANI FHDY BO`LIMI
1-TOIFALI INSPEKTORI NORMATOVA GULBAHOR
SHUXRAT QIZI