Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO‘LOVCHILARNI SHAHARDA, SHAHAR ATROFIDA, SHAHARLARARO, XALQARO, SHUNINGDEK YUKLARNI XALQARO YO‘NALISHLAR BO‘YICHA TASHISH FAOLIYATINI LITSENZIYALASH YUZASIDAN DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH HAQIDA BILASIZMI.


AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO‘LOVCHILARNI SHAHARDA, SHAHAR ATROFIDA, SHAHARLARARO, XALQARO, SHUNINGDEK YUKLARNI XALQARO YO‘NALISHLAR BO‘YICHA TASHISH FAOLIYATINI LITSENZIYALASH YUZASIDAN DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH HAQIDA BILASIZMI.

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ 2019 yil 6 martdagi PQ-4230-son qaroriga muvofiq, 2022 yil 1 martdan avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash jarayonini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilgan.

            Arizachilar litsenziya olish uchun  o‘z arizalarini  Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP – my.gov.uz portal orqali ham yuborishlari ham mumkin. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi. O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

Xizmatdan foydalanuvchilar:

1.     Yuridik shaxslar va o‘zini o‘zi band qilgan holatda.

2.     Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 375 000 so‘m    (BHMning 1 baravari).

3.     Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 2 ish kuni.

 

 

K.Abdullaev

Bo‘ka tuman Davlat xizmatlari

markazi bosh mutaxassisi