Янгиликлар
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlash bo’yicha imkoniyatlar
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlash bo’yicha imkoniyatlar
Yoshlarning tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yosh tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, startap va innovatsion loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, kasb-hunar, raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillarni chuqur egallashi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida:
a) “Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda asosiy qarzdan 2 yilgacha va foiz to‘lovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga sug‘urta polisi ta’minoti yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida 100 mln so‘mgacha mablag‘lar quyidagi kredit mahsulotlari bo‘yicha imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi:
tomorqalardan samarali foydalanish maqsadida ekin ekish va yetishtirish, chorvachilik, parrandachilik hamda qishloq xo‘jaligining boshqa yo‘nalishlaridagi faoliyatni amalga oshirish uchun;
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirish, shu jumladan, hunarmandchilik jihozlarini sotib olish va aylanma mablag‘larni to‘ldirishga;
fan, san’at va sport yo‘nalishlarida o‘z qobiliyatini namoyon etgan iqtidorli yoshlarni hamda frilanserlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun;
b) “Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasi asosida yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlik subyektlarining yoshlarga kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘lar quyidagi yo‘nalishlardagi kredit mahsulotlari bo‘yicha ajratiladi:
ishlab chiqarish asbob-uskunalarini xarid qilish, qurilish ishlarini amalga oshirish, asosiy vositalarni sotib olish (shu jumladan, “sanoat ipotekasi” asosida) hamda aylanma mablag‘larga;
tijorat maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan avtotransport vositalarini xarid qilish uchun;
savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil qilishga;
yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, shu jumladan, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillar kabi yo‘nalishlarda ta’lim xizmatlari faoliyatini tashkil etish uchun;
v) “Innovatsion yoshlar” loyihasi bo‘yicha venchur jamg‘armalari orqali yoshlar quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llab-quvvatlanadi:
yoshlarning startap loyihalari uchun kapital investitsiyalar kiritish;
ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar va startaplar uchun infratuzilmani rivojlantirishga qarz mablag‘larini ajratish;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish uchun sharoit yaratish, shu jumladan, robototexnika yo‘nalishidagi zamonaviy asbob-uskunalar va laboratoriyalardan foydalanishda imtiyozli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
startap-inkubatorlar, texnoparklar va tadqiqot markazlarini yaratishga investitsiyalar kiritish;
xalqaro tanlovlar, konferensiyalar va ko‘rgazmalarda ishtirok etishni qo‘llab-quvvatlash;
g) yoshlarning zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga, shu jumladan, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarga o‘qishi o‘rnatilgan tartibda moliyalashtiriladi.
Raqamlashtirish bo'yicha bosh maslahatchi B.Fayzullayev