Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Homiladorlik va tug‘ish ta’tili qancha muddatga beriladi.


Homiladorlik va tug‘ish ta’tili qancha muddatga beriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 404-moddasiga asosan, ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi. Agarda tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kunga qo‘shimcha o‘n to‘rt kalendar kun ta’til beriladi.

Homiladorlik va tug‘ish ta’tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug‘ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to‘liq beriladi. Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Bo‘ka tumani adliya bo‘limi

FHDYo mudirasi                                                   D.Maxkamova