Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan davlat organi va tashkilotlarining manfaati samarali himoya qilinmoqda.


Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan davlat organi va tashkilotlarining manfaati samarali himoya qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yilda PQ-5168 sonli qarori qabul qilinib, unga asosan 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan.

Mazkur yilda Toshkent viloyatidagi tuman (shahar) Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan hujjatlar soni 588 628 taga yetib, ushbu hujjatlardan 561 444 tasiga ijobiy xulosalar berilgan, 25 178 tasi rad qilingan hamda 2006 tasiga salbiy xulosa berilgan.

Boshqarma tomonidan hujjat loyihalari rad etilishi tahlil qilinganda asosan xodimga ta’til berishda, mehnat shartnomasini ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra bekor qilishda, ustama belgilashda tashkilotlar tomonidan loyiha qonunchilik talablari asosida Markazga yuborilmaganligi aniqlandi.

Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida tuman ( shahar ) Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan tashkilotlar uchun har oyda seminarlar tashkil etilmoqda.

Boshqarma tomonidan doimiy ravishda tuman ( shahar ) YXKMlarga amaliyotda kuzatilayotgan muammolar yuzasidan ko‘rsatma xatlar yuborilmoqda.

Boshqarma tomonidan hozirda tashkilotlarga qulay bo‘lishi maqsadida YuXKMlarning hujjat loyihalariga xulosa berish muddatini qisqartirish choralari ko‘rilib, qonunchilikda uch ish kuni belgilanganligiga qaramasdan xulosa berish muddati 5 soatga tushirilishi ta’minlandi.

Hozirda faqatgina tashkilotlarning hujjat loyihalariga xulosa berish bilan cheklanib qolinmasdan Markazlarning boshqa funksiyalarini ishlatish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, tashkilotlarga metodik yordam berish maqsadida ularning ichki hujjat loyihalari tayyorlab berilmoqda hamda murojaatlarga asoslantirilgan holda javob berishda uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilib birxillashtirilmoqda.

O‘rganish natijasida tashkilotlarda 903 ta holatda mehnat qonunchiligi, 56 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida qonunchilik, 8 ta holatda soliq qonunchiligi talablariga rioya qilinmaganligi aniqlandi.

Mazkur holatlarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tashkilot ma’sul xodimlariga tushuntirishlar berildi.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkilotlardagi qonunbuzilishi holatlarini oldini olish, huquqni qo‘llash amaliyotini birxillashtirishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

 

Klichbayev Muhammad

Yuridik xizmatlar faoliyatini
muvofiqlashtirish
bo‘yicha bosh maslahatchisi