Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

O'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar qo'llab-quvvatlanadi.


O'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar qo'llab-quvvatlanadi.

 

“O'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan o'zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi.

Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko'rsatilishi yo'lga qo'yiladi:

-         uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko'rsatish xizmati;

-         uy sharoitida qarab turish xizmati;

-         tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya xizmati;

-         kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;

-         shaxsiy yordamchi xizmati.

Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismi vaucher asosida qoplab beriladi.

Vaucher qiymati Hukumat tomonidan belgilangan miqdorda subsidiya shaklida to'lanadi.

Vaucher berish va uning qiymatini to'lash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

Chinoz tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish

markazi bosh yuriskonsulti                                                   

A.Teshaboyev