Янгиликлар
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan notarial harakatlar
O‘zbekiston Respublikasida notariat qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga da’vat etilgan huquqiy institutdir.
Qonunchilikka muvofiq notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi:
1) bitimlarni tasdiqlaydi;
2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi;
3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar beradi;
5) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi;
6) meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi;
61) mediator vazifasini bajaradi;
7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi;
8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi;
9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi;
10) ko‘chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi;
11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi;
12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi;
121) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi;
122) dalillarni ta’minlaydi;
13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi;
14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
141) mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi;
142) elektron hujjatning qog‘oz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi;
15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi;
16) pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib oladi;
17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi;
18) pul to‘lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo‘yicha pul to‘lanmaganligini tasdiqlaydi;
19) ijro xatlarini yozadi;
20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi;
21) dengiz protestlarini amalga oshiradi;
22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan ko‘chirmalarni beradi.
Notariuslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Toshkent viloyat adliya boshqarmasining
Notariat, advokatura va mediatsiya sho‘basi bosh maslahatchisi
Esonboyev Axror Abdusalom o‘g‘li