Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Sud qarorlarini ijro etish bosqichida daʼvoni taʼminlash instituti joriy etiladi.


Sud qarorlarini ijro etish bosqichida daʼvoni taʼminlash instituti joriy etiladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish instituti joriy etilishi munosabati bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonuni qabul qilindi.

Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, qarzdor ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlarini kiritish huquqiga ega.

Mablagʻlarini kiritish qarzdor tomonidan unga nisbatan mulkiy tusdagi sud hujjati boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini majburiy ijro organining depozit hisobvaragʻiga toʻliq yoki qisman pul oʻtkazish yoʻli bilan taʼminlashdan iboratdir.

Kafolat mablagʻlarini kiritish ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish, qarzdorga va uning mol-mulkiga nisbatan belgilangan cheklovlarni bekor qilish uchun asos boʻladi.

Kafolat mablagʻlarini kiritish quyidagi hollarda qoʻllanadi:

ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati ustidan berilgan shikoyat yoki keltirilgan protest sud tomonidan qabul qilinganda;

davlat ijrochisining harakati (qarori) ustidan shikoyat berilganda.

Kafolat mablagʻlari quyidagi hollarda 3 kunlik muddatda qaytariladi:

▪️ ijro hujjatini berish uchun asos boʻlgan sud hujjati bekor boʻlganda;

▪️ ijro hujjati amalda ijro etilganda.

 

Toshkent viloyati adliya boshqarma

Inson huquqlarini himoya qilish

shuʼbasi boshligʻi                                                        

N. Ismailov