Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Yer to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy prinsiplari to‘g‘risida


Yer to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy prinsiplari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksning 2-moddasiga asosan: Yer to‘g‘risidagi qonunchilik quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:

eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;

yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;

qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning, eng avvalo sug‘oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;

qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash;

yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;

yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash;

yerlarning holati haqidagi axborotning to‘liq bo‘lishini hamda undan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlash deb qayt etilgan.

 

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               

R.M.Mirzaaxmedov