Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksning 4-moddasiga asosan: Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:
yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ushbu Kodeksga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risida normativ hujjatlar qabul qilish;
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash;
qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi o‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
davlat mulkidagi yerlarni tasarruf etish;
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini belgilangan tartibda ushbu Kodeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsultiR.M.Mirzaaxmedov