Янгиликлар
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risida
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksning 86-moddasiga asosan: Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning o‘rni (shu jumladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda to‘la hajmda qoplanishi kerak:
yerlar olib qo‘yilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda;
suvni muhofaza qilish zonalari, qirg‘oqbo‘yi mintaqalari, suv ob’ektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari, kurort tabiiy hududlar zonalari, davlat biosfera rezervatlari zonalari, davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari, moddiy madaniy meros ob’ektlari, suv tashlamalari, yo‘llar, truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda;
suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa ob’ektlar qurish va ulardan foydalanishning ta’siri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti-harakatlari oqibatida yerlarning sifati yomonlashgan taqdirda.
Zararlarning o‘rnini qoplash yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilayotganda tegishincha Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan, shuningdek faoliyati yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari hamda mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti
R.M.Mirzaaxmedov