Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash to‘g‘risida


Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksning 87-moddasiga asosan: Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarini, shu jumladan jismoniy shaxslar egaligidagi va foydalanishidagi qishloq xo‘jaligi yerlarini qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun olib qo‘yish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning huquqlari cheklanishi yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining ta’siri oqibatida yerlarning sifati yomonlashuvi tufayli qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni ushbu Kodeksning 86-moddasida nazarda tutilgan zararlar o‘rnini qoplashdan tashqari qoplanadi.

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari quyidagilar tomonidan qoplanadi:

qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilayotgan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari ajratib beriladigan yuridik va jismoniy shaxslar;

yerlarini qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari oborotidan chiqarib yoki u qadar qiymatga ega bo‘lmagan yerlar qatoriga o‘tkazgan holda ob’ektlari atrofiga muhofaza, sanitariya va ihota zonalari o‘rnatiladigan yuridik va jismoniy shaxslar;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va o‘rmon fondi yerlarida ichki xo‘jalik yer tuzish loyihasiga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos bo‘lgan qurilish ob’ektlarini joylashtiradigan (quradigan) yuridik va jismoniy shaxslar.

Yer uchastkasi bo‘lingan hamda bir nechta yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan (realizatsiya qilingan) taqdirda, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni bo‘lingan yer uchastkalarining maydoniga mutanosib ravishda qoplanadi.

Yer uchastkalari elektron onlayn-auksion vositasida realizatsiya qilinganda, shuningdek baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizatsiya qilinganda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari miqdori alohida ko‘rsatilishi va to‘lanishi kerak.

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni quyidagi hollarda qoplanmaydi:

yer uchastkalari dafn etish joylarini tashkil qilish uchun, davlat ta’lim va davolash muassasalari, internatlar, bolalar uylari qurish uchun olib qo‘yilganda;

yer uchastkalari suv xo‘jaligiga meliorativ ob’ektlar va gidrotexnik inshootlar qurilishi uchun ajratilganda;

yer uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun berilganda;

yer uchastkalari mudofaa ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;

yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda.

ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni to‘liq qoplanishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun xarajatlar smetalarida qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash uchun mablag‘lar nazarda tutilishi kerak.

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining qoplanishi lozim bo‘lgan o‘rni miqdori va uni aniqlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               

R.M.Mirzaaxmedov