Янгиликлар
Qishloq aholi punktlarining yerlari to‘g‘risida
Qishloq aholi punktlarining yerlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksning 68-moddasiga asosan: Qishloq aholi punktlarining yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qo‘yilgan chegaralar doirasidagi hamma yerlar kiradi.
Qishloq aholi punktlarining yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) qishloq aholi punktlarining qishloqlar va ovullar hududidagi yerlari;
2) qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari.
Qishloq aholi punktlarining chegarasi tumanlarning davlat hokimiyati organlari tomonidan ularni rejalashtirish, qurish hamda ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalariga muvofiq belgilanadi va o‘zgartiriladi.
Qishloq aholi punktlarining yerlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
Qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari shahar chegarasiga kiritilgan taqdirda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tarkibidan chiqariladi va shaharning tegishli yerlari tarkibiga kiritiladi. Bunda ayrim binolar va inshootlar, ularni obodonlashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari bilan birga, qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xohishiga ko‘ra o‘zlarida doimiy foydalanish yoki ijara uchun qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning qiymati hamda shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa xarajatlar esa yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga mahalliy byudjetdan to‘lanadi deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti
R.M.Mirzaaxmedov