Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risida


Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksning 72-moddasiga asosan: Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, ayrim tabiiy ob’ektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlarning, muhofaza etiladigan landshaftlarning, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun berilgan yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari atrofida ularning rejimiga rioya etilishini ta’minlashga zararli ta’sir etadigan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklangan yoki taqiqlangan holda muhofaza zonalari tashkil etiladi.

Milliy bog‘larning yerlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi deb qayt etilgan.

 

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               

R.M.Mirzaaxmedov