Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Ob’ektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar to‘g‘risida


Ob’ektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksning 80-moddasiga asosan: Ob’ektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilanadi.

Yangi hamda rekonstruksiya qilinadigan ob’ektlarni, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yangi texnologiyalarni joriy etish chog‘ida yerlarni muhofaza qilish tadbirlari nazarda tutiladi va amalga oshiriladi.

Yerlarning holatiga ishga tushirilayotgan ob’ekt yoki joriy etilayotgan texnologiyaning salbiy ta’sirini hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan nazarda tutilgan tadbirlarning samaradorligini baholash ekologiya ekspertizasi asosida o‘tkaziladi.

Yerlarni hosildan qolishdan yoki buzilishdan himoya qilish choralari bilan ta’minlanmagan hamda ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmagan ob’ektlarni foydalanishga topshirish va bunday texnologiyalarni qo‘llash taqiqlanadi.

Yerlarning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan ob’ektlarni joylashtirish qonunchilikda belgilanadigan tartibda tabiatni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi, qurilish organlari va boshqa organlar bilan kelishib olinadi deb qayt etilgan

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                              

 R.M.Mirzaaxmedov