Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish to‘g‘risida


Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksning 82-moddasiga asosan: Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlarining tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

yangi o‘zlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida turgan mavjud sug‘oriladigan yerlarga qonunchilikda belgilangan tartibda yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish;

yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga kam chiqit va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlar berish;

yerlarning sifatini yaxshilashni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy etishni, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning unumdorligini oshirishni, ekologik sof mahsulot yetishtirishni rag‘batlantirish;

yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yerlarni qayta tiklash uchun, zarurat bo‘lgan taqdirda, respublika byudjetidan yoki mahalliy byudjetdan mablag‘lar ajratish, agrotexnika, o‘rmon melioratsiyasi tadbirlari va tuproqni himoya qilish yuzasidan boshqa tadbirlar o‘tkazish;

yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yer uchastkalarini vaqtincha konservatsiya qilish natijasida ulardan keladigan daromadning kamayishini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qisman qoplash;

Oldingi tahrirga qarang.

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tadbirlar.

Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               

R.M.Mirzaaxmedov