Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazorati to‘g‘risida


Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazorati to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksning 84-moddasiga asosan: Fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari yer uchastkalarini ajratish, ulardan oqilona va maqsadli foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirishga haqli.

Tabiatni muhofaza qilish jamiyatlari, ilmiy jamiyatlar va boshqa jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolar yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishda davlat organlariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ko‘maklashadilar.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan hamda tomorqa yerlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urug‘lar, ko‘chatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning ko‘paytirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini hamda uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoringni amalga oshiradi.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi a’zolari bo‘lgan fermer, dehqon xo‘jaliklariga hamda tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berishga haqli.

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish, ulardan tegishli hujjatlarda ko‘rsatilgan normalardan ortiqcha tarzda g‘ayriqonuniy tarzda foydalanish, qonunga xilof ob’ektlarni va inshootlarni qurish hollari, yer munosabatlari sohasidagi suiiste’molliklar to‘g‘risida foto- va videoyozuv texnikasidan foydalanilgan holda tasdiqlangan xabarlar uchun jamoatchilik nazorati sub’ektlari rag‘batlantirilishi mumkin.

Jamoatchilik nazorati sub’ektlarini rag‘batlantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               

R.M.Mirzaaxmedov