Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik haqida


Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik haqida

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksning 1-moddasiga asosan: Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik buyruq tartibidagi ishlarni, da’vo tartibidagi ishlarni, alohida tartibda yuritiladigan ishlarni, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni va chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish hamda hal etish tartibini belgilaydi.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchiligida ko‘rsatilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               

R.M.Mirzaaxmedov