Янгиликлар
Sud ishlari yuritiladigan til to‘g‘risida
Sud ishlari yuritiladigan til to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksning 11-moddasiga asosan: O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi.
Sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxslarga ishga taalluqli materiallar bilan o‘z ona tilida to‘liq tanishib chiqish, sudda ona tilida yoki o‘zi biladigan boshqa tilda so‘zlash, ko‘rsatuv va tushuntirishlar berish, arz bilan murojaat etish, iltimosnomalar taqdim etish, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan tartibda tarjimonning xizmatlaridan foydalanish huquqi ta’minlanadi.
Ishda ishtirok etuvchi va sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxs ishdagi sud hujjatlari berilishini so‘rab yozma ariza bilan murojaat etgan taqdirda, unga sud hujjatlari uning ona tiliga yoki u biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladi deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti
R.M.Mirzaaxmedov