Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Fuqarolik ishining yakka tartibda va hay’atda ko‘rilishi to‘g‘risida


Fuqarolik ishining yakka tartibda va hay’atda ko‘rilishi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksning 17-moddasiga asosan: Fuqarolik ishi (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) birinchi instansiya sudida sudya tomonidan yakka tartibda ko‘riladi. Sudya ishni yakka tartibda ko‘rayotganda va hal qilganida u sud nomidan ish yuritadi.

Muayyan ishni ko‘rish uchun sud tarkibi sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sud tarkibini shakllantirishga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning ta’sir ko‘rsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda shakllantiriladi.

Ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlarida ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi.

Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida ko‘rish Rayosat a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lganda amalga oshiriladi.

Ish hay’atda ko‘rilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi.

Ishni ko‘rish va hal etishda barcha sudyalar teng huquqlarga ega bo‘ladi deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               

R.M.Mirzaaxmedov