Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Isbotlash vositalari to‘g‘risida.


Isbotlash vositalari to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksning 71-moddasiga asosan: Taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlarning mavjudligini yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar fuqarolik ishi bo‘yicha dalillardir. Bu ma’lumotlar quyidagi vositalar, ya’ni: taraflarning va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari) bilan aniqlanadi.

Anonim xatlarda va kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan yoki qonunni buzgan holda olingan boshqa ma’lumotlar dalil bo‘la olmaydi.

Taraflarning va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari ushbu Kodeksning 209-moddasida belgilangan tartibda videokonferensaloqa tizimidan foydalanish yo‘li bilan olinishi mumkin deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               

R.M.Mirzaaxmedov