Янгиликлар
Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati to‘g‘risida.
Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksning 116-moddasiga asosan: Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishi shart:
1) ishda taraf bo‘lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa yoki ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda;
2) fuqaro (taraf) muomala layoqatini yo‘qotganda;
3) javobgar — fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida bo‘lganda yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi da’vogar — fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda;
4) mazkur ishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, jinoyat ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilguniga qadar ko‘rish imkoni bo‘lmaganda;
5) taraf chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida yoki uning ijrosini to‘xtatib turish haqida chet davlatning vakolatli organiga iltimosnoma berganda;
6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv tuzilganda deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti
R.M.Mirzaaxmedov