Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Ish yuritishni tugatish asoslari to‘g‘risida.


Ish yuritishni tugatish asoslari to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksning 124-moddasiga asosan: Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:

1) ish fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa;

2) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma’muriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;

3) da’vogar arz qilingan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan bo‘lsa;

4) taraflar kelishuv bitimi tuzgan va u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa;

5) hakamlik sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;

6) ish bo‘yicha taraflardan biri bo‘lgan fuqaroning vafotidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;

7) ish bo‘yicha taraf bo‘lib qatnashayotgan tashkilot tugatilgan bo‘lsa.

deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               

R.M.Mirzaaxmedov