Янгиликлар
Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani topshirish to‘g‘risida.
Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa
xabarnomani topshirish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksning 160-moddasiga asosan: Fuqaroga sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma sudga qaytarilishi lozim bo‘lgan ikkinchi nusxasiga u topshirilgan vaqtini ko‘rsatgan holda tilxat olib shaxsan topshiriladi.
Tashkilot nomiga yo‘llangan sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma tegishli mansabdor shaxsga topshiriladi, u hujjatning ikkinchi nusxasiga imzo qo‘yadi.
Agar sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani keltirgan shaxs ish bo‘yicha sudga chaqirilayotgan fuqaroni yashash yoki ish yoxud o‘qish joyida topmasa, sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma ushbu fuqaro bilan birga yashaydigan katta yoshdagi oila a’zolarining biriga, bo‘lmagan taqdirda esa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (ma’muriyatning mansabdor shaxsiga) yoxud o‘quv muassasasiga topshiriladi. Bunday hollarda sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida o‘zining familiyasi, ismi, otasining ismini, shuningdek sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma yuborilgan shaxsning kimi ekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, o‘g‘li, qizi va hokazo) yoki egallab turgan lavozimini ko‘rsatishi shart. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat bo‘lishi bilan chaqiriluvchiga darhol topshirishi shart.
Chaqiriluvchi vaqtincha biror joyga ketgan bo‘lsa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki ish beruvchi (ma’muriyatning mansabdor shaxsi) yoxud o‘quv muassasasi sud chaqiruv qog‘ozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qaerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etadi, bu ma’lumotlar tegishincha imzo va muhr bilan tasdiqlanadi hamda guvohlantirilad deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti
R.M.Mirzaaxmedov