Янгиликлар
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish to‘g‘risida
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi
masalani ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksning 168-moddasiga asosan: Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan holda ko‘riladi, bunday kelishuv notarius tomonidan tasdiqlangan hollar bundan mustasno. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrim chiqariladi, unda ish yuritish tugatilganligi ko‘rsatiladi.
Kelishuv bitimi apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari bekor qilinishi to‘g‘risida ajrim chiqariladi va ish yuritish tugatiladi.
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni ko‘rgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimda kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi xulosa bo‘lishi kerak.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etadi.
Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi, ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ravishda ijro etilmagan taqdirda, u kelishuv bitimini tuzgan shaxsning iltimosnomasiga, sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusiga ko‘ra sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida, ushbu Kodeks qoidalari bo‘yicha majburiy ijro etilishi lozim deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti
R.M.Mirzaaxmedov