Янгиликлар
25
Nikoh tuzish tartibi va shartlari.
Nikoh tuzish tartibi va shartlari.
O'zbekiston Respublikasida nikohni qayd etish yoshi 18 yosh etib belgilangan. Nikohni qayd etish faqat nikohlanuvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi.FHDY organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikohini qayd etish to‘g‘risidagi arizasi qabul qilingandan so‘ng, ularga belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
Bunda ellik yoshgacha nikoh tuzuvchi shaxslar OIV-infeksiyasi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan majburan o‘tishi kerak.Nikohni qayd etish ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o‘tgach fuqaroning xoxishiga ko'ra istalgan FHDY organi tomonidan qayd etiladi.Uzrli sabablar bo‘lganda FHDY organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi – bolalarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari, tibbiy muassasaning kelinning homiladorligi haqidagi ma’lumotnomasi, xizmat safari to‘g‘risidagi va shu kabi hujjatlar taqdim etiladi.
Bo’ka tumani FHDY bo’limi 2-toifali inspektori
Tojiqulova Zahro Akbar qizi