Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi yangiliklar yuzasidan.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi yangiliklar yuzasidan.
Endilikda yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosining nazorati yanada kuchaytiriladi.
Xususan, Davlatimiz rahbarining 25.07.2025 yida “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari, hamda boshqa tashkilotlarda ijro intizomini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
Ijro nazorati mexanizmlari. Qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlari va topshiriqlarining ijrosi uchun samarali mexanizmlar joriy etish.
Hududlarda islohotlar natijadorligini o‘rganish. Ijro intizomini mustahkamlash ishlarini yuqori sifatda tashkil qilish yo‘lida regiondik monitoring va tahlillar olib boriladi.
Birinchi rahbarlar mas’uliyatini oshirish. Davlat organlari rahbarlarining ijro intizomini ta’minlashda shaxsiy javobgarligi kuchaytiriladi.
Raqamlilashtirish va avtomatizatsiya. Hukumat qarorlarining ijrosini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish orqali nazoratni yaxshilash.
Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish. Nazorat jarayonlariga sun’iy intellektning qo‘llanilishi-tezkorlik va samaradorlikni oshirishda muhim vosita.
Shu bilan birga, Adliya vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalarida ham qator vakolatlar berilgan bo‘lib, unga ko‘ra:
Tizim nazoratini boshqarish: endilikda, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarini “ijro.gov.uz” tizimiga kiritish va ijro muddatlari hamda ijrochilarni belgilash.
Ma’lumotlarni tekshirish: Tizimga kiritilgan ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligini nazorat qilish, zaruratda qayta ishlash uchun yuborish.
Ma’lumotlar monitoringi: Ijro holatlari haqida har oyda tahliliy ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.
Tahliliy yondoshuv: Ijro jarayonlarini hududlar va sohalar bo‘yicha tahlil qilish, tahliliy hisobotlar va takliflar tayyorlash vazifalari yuklatildi.
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezident hujjatlarini ijrosini nazorat qilish sho‘basi bosh maslahatchisi O.Rahimov