Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining reytingi joriy etiladi


Davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining reytingi joriy etiladi

 

Adliya vazirining buyrug‘i (30.07.2025 y. AV ro‘yxat raqami 3654-son) bilan davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini baholash uslubiyoti tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 22.10.2021 yildagi "Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5263-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Uslubiyot davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining NHH va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini baholash tartibini belgilaydi.

Korrupsiyaga qarshi ekspertizani baholashning vazifalari:

·             yuridik xizmat xodimlarining mas’uliyatini kuchaytirish;

·             NHH va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi sifatini oshirish;

·             yuridik xizmat xodimlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash.

NHH va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish natijalarini baholash Adliya vazirligi tomonidan har yili 20 yanvargacha amalga oshiriladi.

Bunda quyidagilar hisobga olinadi:

·             NHH va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish qamrovi – 10 ball;

·             ekspertiza natijasida aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning muvofiqligi – 30 ball;

·             korrupsiya paydo bo‘lishiga ko‘maklashuvchi barcha omillarning aks ettirilganligi – 50 ball;

·             ekspertiza natijalarini OAVda chop etilganligi – 10 ball.

Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini baholash natijalari bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan tegishli reyting shakllantiriladi.

Shuningdek, "a’lo" baho olgan mas’ul davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini rag‘batlantirish va "qoniqarsiz" baho olgan xodimlar faoliyatini samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, ularga intizomiy jazo qo‘llash choralari ko‘rib chiqiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2025 yildan kuchga kirdi.



Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                                             

U.Fayzullaev