Янгиликлар
Bolalar bog‘chasi uchun kimlarga subsidiya to‘lanadi Vazirlar Mahkamasining 31.07.2025 yildagi 484-son qarori bilan Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona va otalarga farzandi uchun maktabgacha ta'lim xizmatidan foydala
Bolalar bog‘chasi uchun kimlarga subsidiya to‘lanadi
Vazirlar Mahkamasining 31.07.2025 yildagi 484-son qarori bilan Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona va otalarga farzandi uchun maktabgacha ta'lim xizmatidan foydalanishda moddiy yordam to‘lash tartibi tasdiqlandi.
Hujjat bilan tegishli nizom tasdiqlangan bo‘lib, to‘lovlar Prezidentning 14.11.2024 yildagi "Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-185-son Farmoni bilan nazarda tutilgan.
Moddiy yordam oluvchilar reestri yaratiladi, subsidiyalarni hisoblash va to‘lash esa avtomatlashtiriladi (inson ishtirokisiz).
2025 yil 1 sentyabrdan boshlab yolg‘iz ona va otalar "Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi" axborot tizimi va YaIDXP orqali, shuningdek "Inson" ijtimoiy xizmat markazlari yoki Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilib moddiy yordam olish uchun ariza berishi mumkin.
Mablag‘larni o‘tkazish oluvchilarning "ijtimoiy karta"siga, u mavjud bo‘lmaganda esa AT "Xalq banki"da ochilgan bank kartalariga amalga oshiriladi. Moliyaviy yordam oluvchilardan bank kartalarini ochish uchun haq olinmaydi.
Moddiy yordam bola uch yoshga to‘lguniga qadar bir nafar farzand uchun BHMning 1,5 baravariggacha miqdorida (egizak bo‘lsa, ikkisi uchun) ijtimoiy shartnoma asosida Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 01.08.2025 yildan kuchga kirdi.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsultiU.Fayzullaev