Янгиликлар
Davlat organlari hududlaridan mavsumiy savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish faoliyati uchun foydalanish mumkin bo‘ladi
Davlat organlari hududlaridan mavsumiy savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish faoliyati uchun foydalanish mumkin bo‘ladi
31.07.2025 yildagi Vazirlar Mahkamasining 478-sonli “Tadbirkorlik sub'ektlariga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishni tashkil etishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu hujjat 30.08.2024 yildagi PF-132-sonli Prezident Farmonida belgilangan vazifalarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, tadbirkorlar uchun avval faqat murakkab va uzoq kelishuvlar orqali amalga oshirilgan hududlarga kirishni yengillashtirishga qaratilgan.
Hujjatga muvofiq, 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlar o‘zlariga tegishli binolar va inshootlarga tutashgan yer maydonlarini, jumladan, davlat organlari va tashkilotlari doimiy foydalanishdagi yerlarini (ta'lim va tibbiyot muassasalari hududlaridan tashqari) ijaraga olishlari mumkin.
Ijara shartlari quyidagicha belgilangan:
· auksionsiz – to‘g‘ridan-to‘g‘ri, agar yer tadbirkor ob'ekti bilan chegaradosh bo‘lsa;
· bir kalendar yiliga – uzaytirish imkoniyati bilan;
· ijara to‘lovi – yer solig‘ining 3 barobarigacha miqdorda bo‘lsa;
· shartnomalar Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan nazorat qilinadigan elektron tizim orqali rasmiylashtiriladi.
Ilk bor quyidagi yagona talablar belgilandi:
· barcha ob'ektlar avvaldan tasdiqlangan sxema va me'moriy “dizayn-kod”ga muvofiq joylashtiriladi;
· kelishuvsiz kapital qurilish va tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish taqiqlanadi;
· shartlar buzilganda – ob'ekt buziladi va shartnoma bekor qilinadi.
Hududiy hokimliklar 2025 yil 1 oktyabrga qadar:
· noqonuniy o‘rnatilgan ob'ektlarni inventarizatsiya qilishi;
· ularni qonuniylashtirishi yoki hududni bo‘shatishni ta'minlashi;
· tasdiqlangan sxemalar va dizayn-kodlarni rasmiy veb-saytlarida joylashtirishi lozim.
Shuningdek, ijara to‘lovlarini davlat organlari va mahalliy byudjetlar o‘rtasida taqsimlash tizimi joriy etildi. Bu mahalliy hokimiyatlarni tadbirkorlik faoliyatini legallashtirishga qiziqtirishga xizmat qiladi.
Yangi tartib quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
· mahallalar va ko‘chalarda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish;
· nozorat maskanida ijara (yoki «yashirin ijara») ulushini kamaytirish;
· shaharlarning tashqi ko‘rinishini tartibga solish;
· byudjet tushumlarini oshirish.
Hujjatda ta'kidlanganidek, yerni ijaraga olish – uni mulk sifatida berish yoki unda kapital qurilish amalga oshirish, ko‘chmas mulk huquqini rasmiylashtirish huquqini bermaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida davlat tilida e'lon qilingan va 01.10.2025 yildan kuchga kiradi.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsultiU.Fayzullaev