Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Iqtidorli o‘quvchilar va pedagoglarning dam olishi qanday tashkil etiladi Vazirlar Mahkamasining 29.07.2025 yildagi 474-son qarori bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi to‘g


Iqtidorli o‘quvchilar va pedagoglarning dam olishi qanday tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining 29.07.2025 yildagi 474-son qarori bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Prezidentning 21.06.2024 yildagi PQ-231-son qaroriga muvofiq Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi sog‘lomlashtirish lagerlarini xodimlar, pedagog-novatorlar va iqtidorli o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan dam olish maskanlari sifatida qayta tashkil etish amalga oshirilmoqda.

 

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

·             dam olish maskanlarida dam oluvchi iqtidorli pedagoglar va o‘quvchilar sonini shakllantirish;

·             yo‘llanmalar berish bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

·             iqtidorli pedagoglar va o‘quvchilarni saralab olish mezonlarini belgilash.

 

Dam olish maskanlarini saqlash xarajatlari o‘zini o‘zi moliyalashtirish tartibida – Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimlari va fuqarolarga pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan mablag‘lar hisobidan, shuningdek davlat-xususiy sheriklik shaklida xususiy sektorni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.

 

Dam olish vazirlik xodimlari va ilg‘or pedagoglarga sentyabrdan maygacha 12 kunlik grafik bo‘yicha, iqtidorli o‘quvchilarga esa iyundan avgustgacha taqdim etiladi.

 

7 dan 14 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilar komissiyalar tomonidan quyidagi mezonlar bo‘yicha tanlab olinadi:

·             asosiy olimpiadaning uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarida tabiiy fanlar yo‘nalishlarida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar;

·             mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;

·             nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan sportchilar;

·             xalqaro tanlov, festival va musobaqa g‘oliblari;

·             respublika darajasida tashkil etilgan respublika tanlov va musobaqalarining g‘oliblari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 30.07.2025 yildan kuchga kirdi.




 Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                                            

 U.Fayzullaev