Янгиликлар
Vazirlar Mahkamasining 05.08.2025 yildagi 495-son qarori bilan tuman (shahar)larda iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi drayver loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining 05.08.2025 yildagi 495-son qarori bilan tuman (shahar)larda iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi drayver loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
· drayver loyihalarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash;
· ularni moliyalashtirish;
· drayver loyihalarni amalga oshirishni ta'minlash, muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
Drayver loyihani amalga oshirish asosiy yo‘nalishlari va zonalari:
sanoatda:
· mikrosanoat markazlarini yaratish;
· maxsus iqtisodiy va sanoat zonalaridagi bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish;
· bo‘sh turgan bino va inshootlarda ishlab chiqarishni tashkil etish;
· oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saralash, qadoqlash va saqlashni tashkil etish va b.;
xizmatlar sohasida:
· yo‘llar bo‘ylab savdo va servis ob'ektlarini, shu jumladan «Service point» va «Service area»larni yaratish;
· tuman markazi va unga tutash hududlardan oqib o‘tuvchi suv havzalari bo‘ylab hamda tabiiy va sun'iy ko‘llar qirg‘oqlarida sohilbo‘yi turizm va dam olish zonalarini tashkil etish;
· turizm ob'ektlari (mehmonxonalar, savdo markazlari va b.) tashkil qilish;
· aholi zich yashaydigan hududlarda savdo va xizmatlar yo‘nalishida zamonaviy ko‘chalarni tashkil etish;
· master-reja ishlab chiqilgan hududlarda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
· istirohat bog‘larini kengaytirish va modernizatsiya qilish orqali savdo va xizmatlar sohasi ob'ektlari, yashil zonalarni tashkil etish;
· hududlarda mavjud bozorlarning sig‘imini oshirish, yangi bozorlar yaratish va b..;
qishloq xo‘jaligida:
· aholiga ijara asosida berilgan yer uchastkalarining infratuzilmasini yaratish;
· yer uchastkalarini o‘zlashtirish, foydalanilmagan yer uchastkalarini qayta foydalanishga kiritish, ularning suv ta'minotini yaxshilash;
· eski bog‘ va tokzorlarni yangilash va ularni intensiv bog‘lar bilan almashtirish;
· ixtisoslashgan okruglarda kooperatsiya asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish;
· chorvachilik, baliqchilik, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish.
Drayver loyihalarni shakllantirish, kelishish va ishga tushirishni tuman (shahar) hokimlari har yili 1 noyabrgacha amalga oshiradi. Keyin loyihalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga kiritiladi. 10 ish kuni ichida ular Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yo‘naltiriladi, u yerda 15 ish kuni ichida drayver loyihani joyiga chiqqan holda o‘rganiladi.
Loyihalarni amalga oshirish doirasida bosh pudratchi tashkilotlar qonunchilik bilan belgilangan tartibda tanlov (tender) tashkil etish orqali aniqlanadi.
Drayver loyihalar tuman (shahar) hokimligi tomonidan tuziladigan dalolatnoma asosida foydalanishga qabul qilinadi va amalga oshirilgan hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 05.08.2025 yildan kuchga kirdi.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsulti
U.Fayzullaev