Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Ma'muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritishda xususiy ayblov instituti joriy etilmoqda


Ma'muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritishda xususiy ayblov instituti joriy etilmoqda

Senatning 7-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.

Bugungi kunda ayrim ma'muriy huquqbuzarliklar ijtimoiy ahamiyatini yo‘qotgan va ularning soni keskin kamaygan. Shu bilan bir vaqtda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir nechta moddasida ayni bir ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik belgilangan. Shu bois ushbu Qonun ularni muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilganligi qayd etildi.

Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ayrim huquqbuzarliklar uchun qilmishning xususiyatidan, jazolashdan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun yetarlilik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ma'muriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, ayni bir qilmish, ya'ni tamaki mahsulotini belgilanmagan joylarda iste'mol qilish uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning turli moddalarida nazarda tutilgan javobgarlik alohida moddada (56/1-modda) aks ettirilmoqda.

Bundan tashqari, Kodeksning ayrim moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishga jabrlanuvchining arizasi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning boshqa moddalariga ham yuqoridagi o‘zgartirish va qo‘shimchalardan hamda Yangi O‘zbekiston ma'muriy islohotlari dasturidan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar ta'kidlaganidek, mazkur Qonun qabul qilinishi bilan inson huquqlari kafolatlari kuchayishiga, huquqiy ta'sir choralarini qo‘llashda mutanosiblik prinsipiga amal qilinishining ta'minlanishiga hamda mas'ul davlat organlari ish yuklamasining kamayishiga, fuqarolar o‘rtasidagi ayrim kelishmovchiliklar sudga qadar hal etilishiga erishiladi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xixmat ko’rsatish markazi

 bosh  yuriskonsul’ti                                                                    
To’ramurod   Chegaboyev