Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Qonunchilikdagi_yangiliklar


Qonunchilikdagi_yangiliklar

Hayvonlarni identifikatsiya qilish (https://senat.uz/plenary-sessions/post-3702) jarayonlari tartibga solinmoqda

Senat yalpi majlisida “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Hozirgi vaqtda hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlari to‘laqonli amalga oshirilmayotgani ularda xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash tadbirlarini o‘tkazish va epizootik barqarorlikni kafolatli saqlash imkoniyatini cheklamoqda.

Shuningdek, identifikatsiya jarayonlari raqamlashtirilmagani, maʼlumotlar bazasi markazlashtirilmagani natijasida hayvonlarning aniq hisobini yuritishdagi muammolar ham saqlanib qolmoqda.

Mazkur Qonunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish sohasidagi vakolatli organ etib belgilanmoqda.

Shuningdek, vakolatli davlat organi vakilining hamda hayvon egasining huquq va majburiyatlari aniq ko‘rsatib o‘tilmoqda. Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatishga doir umumiy talablar hamda muddatlar belgilanmoqda.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish, kuzatish va hisobdan chiqarish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish, elektron axborot tizimini muvofiqlashtirish va real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvini taʼminlash Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish markazining vakolati etib belgilanmoqda.

Senatorlar tomonidan taʼkidlanganidek, Qonunning qabul qilinishi natijasida hayvonlarning hisobi, ularning nasli va sog‘ligi to‘g‘risidagi yagona elektron bazasi shakllanadi, shuningdek, hayvonlarning saqlanishi va harakatlari (migratsiyasi) tartibga solinadi hamda doimiy monitoring qilish tizimi yaratiladi.

Bundan tashqari, hayvonlarning xavfli yuqumli kasalliklarga to‘liq profilaktik emlanishiga erishiladi. Natijada hayvonlarning turli yuqumli kasalliklarga chalinishi va nobud bo‘lishi oldi olinadi. Respublikada epizootik va epidemik barqarorlik taʼminlanadi.

Muhokama yakunida ushbu Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xixmat ko’rsatish markazi

 bosh  yuriskonsul’ti                                                                    T
o’ramurod   Chegaboyev