Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Muhim


Muhim

Endi mahalliy Kengashlar faol bo‘lishi kerak?

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi tomonidan Kengash tekshiruvi o‘tkazish TARTIBI Senat Kengashining 2025 yil 6 maydagi KQ-173-V-sonli qaroriga asosan tasdiqlandi.

Kengash tekshiruvi — tegishli hududning xavfsizligiga, barqaror rivojlanish asoslariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar hamda voqyealarni o‘rganish maqsadida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan mahalliy Kengashning alohida tekshiruvi shaklidir.

Kengash tekshiruvi o‘tkazish qonuniylik, xolislik, ochiqlik va shaffoflik, inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish prinsiplariga asoslanadi.

Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyat Kengash tekshiruvining ob'ekti bo‘lishi mumkin emas.

Kengash tekshiruvini o‘tkazish uchun asoslar:

—jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;

—Oliy Majlis palatalari;

—Vazirlar Mahkamasi.

Mahalliy Kengash Kengash tekshiruvi yakunlari bo‘yicha:

—mansabdor shaxsni javobgarlikka tortish, ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga, Vazirlar Mahkamasi yoki Oliy Majlis Senatiga taklif va tavsiyalar kiritishi;

—tegishli davlat organlariga hamda tashkilotlariga qonunchilik hujjatlarining, davlat dasturlarining ijrosi, o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning amalga oshirilishi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan taklif va tavsiyalar kiritishi;

—Kengash tekshiruvi yakunlari bo‘yicha tayyorlangan materiallarni vakolatli davlat organlariga o‘z vakolatlariga muvofiq ko‘rib chiqish uchun yuborishi;

—fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari ma'lum bo‘lib qolgan taqdirda ularga darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli davlat organlariga hamda tashkilotlariga hamda mansabdor shaxslarga murojaat qilishi;

—Kengash tekshiruvi natijalarini e'lon qilishi mumkin.

  

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xixmat ko’rsatish markazi

 bosh  yuriskonsul’ti                                                                    
To’ramurod   Chegaboyev