Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2025 yildagi 515-son qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan ta'minlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiql


Vazirlar Mahkamasining 14.08.2025 yildagi 515-son qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan ta'minlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


Prezidentning 30.01.2025 yildagi PF-17-son Farmoni bilan 2025 yil 1 iyuldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam o‘rniga artezian quduqlarini burg‘ulash, ularning xonadonlariga suv nasoslarini o‘rnatish va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratiladi.

 

Nizomga ko‘ra, subsidiya artezian quduqlarini burg‘ilash, suv nasoslarini o‘rnatish va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish xarajatlarining 90 foizi, biroq BHMning 30 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.

 

Mazkur xizmatlar "Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashga ko‘maklashuvchi tadbirkorlik sub'ektlari reestri"ga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan "Ijtimoiy himoya yagona milliy tizimi" AT orqali ko‘rsatiladi.

 

Subsidiyalar subsidiya oluvchilarga bir vaqtning o‘zida quyidagi barcha shartlarga rioya etilgan taqdirda beriladi:

·             subsidiya oluvchilarning yashash joyi bo‘yicha artezian qudug‘ini burg‘ilash, suvni tozalash uchun nasos va filtrni sotish va o‘rnatish ishlari Reestrga kiritilgan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan amalga oshiriladi;

·             mahalla fuqarolar yig‘ini raisining, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining mas'ul vakillarining quduq qazilganligi hamda nasos va filtr o‘rnatilganligi fakti to‘g‘risidagi xulosasi ish joyida tuzilgan bo‘lsa;

·             Subsidiya oluvchilar tomonidan quduq qazish va nasos o‘rnatish natijasida olingan suvning yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosa Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining mas'ul xodimlari tomonidan joyida berilgan.

 

Bunda, subsidiya oluvchining voyaga yetgan muomalaga layoqatli oila a'zosi yoki uning qonuniy vakili "Inson" markazlari yoki mahalladagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilish orqali "Ijtimoiy himoya yagona milliy tizimi" ATda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

 

"Inson" markazi xodimi yoki ijtimoiy xodim subsidiya oluvchining voyaga yetgan muomalaga layoqatli oila a'zosi yoki uning qonuniy vakili nomidan "Ijtimoiy himoya yagona milliy tizimi" ATda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun so‘rovnoma yuboradi.

 

Tadbirkor belgilangan muddatda subsidiya oluvchining yashash manziliga yetib borishi, artezian qudug‘ini burg‘ilab, suv nasosi va ichimlik suvi filtrini o‘rnatishi lozim.

Subsidiya ajratishni ma'qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi xabar Ishchi guruh tomonidan "Ijtimoiy himoya yagona milliy tizimi" orqali avtomatik tarzda yuboriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 14.08.2025 yildan kuchga kirdi.

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                                           

U.Fayzullaev