Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Vazirlar Mahkamasining 13.08.2025 yildagi 513-son qarori bilan respublika hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holga kelgan mahsulotlarni bojxona organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan utilizatsiya qilish tartibi soddalashtirildi.


Vazirlar Mahkamasining 13.08.2025 yildagi 513-son qarori bilan respublika hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holga kelgan mahsulotlarni bojxona organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan utilizatsiya qilish tartibi soddalashtirildi.

Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish onlayn amalga oshiriladi



Hujjatga ko‘ra:

· O‘zbekiston hududiga olib kirilgan va yaroqsiz holga kelgan tovarlar ularni utilizatsiya qilishda, shuningdek "davlat foydasiga voz kechish" bojxona rejimida rasmiylashtirishda umidsiz qarz deb e'tirof etiladi;

· tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha umidsiz qarzdorlikni hisobdan chiqarish tartib-taomillari elektron shaklda amalga oshiriladi;

· O‘zbekiston hududiga olib kirilgan va yaroqsiz holga kelgan tovarlarni utilizatsiya qilish to‘g‘risidagi xulosa "Yagona darcha" bojxona axborot tizimi orqali beriladi.

 

2026 yil 1 iyuldan boshlab tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha umidsiz qarzdorlikni hisobdan chiqarish tartibi "E-kontrakt" tashqi savdo faoliyati axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.

 

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (14.04.2021 y. 216-son VMQ) tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 14.08.2025 yildan kuchga kirdi

.


Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                                           
U.Fayzullaev