Янгиликлар
Vazirlar Mahkamasining 13.08.2025 yildagi 512-son qarori bilan Madaniy meros sohasidagi ma'muriy reglamentlar tasdiqlandi. MADANIY MEROS SOHASIDA QANDAY DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATILADI
Vazirlar Mahkamasining 13.08.2025 yildagi 512-son qarori bilan Madaniy meros sohasidagi ma'muriy reglamentlar tasdiqlandi.
Madaniy meros sohasida qanday davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
Xususan, Prezidentning 24.05.2024 yildagi "Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi PF-80-son Farmoniga muvofiq quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlari tasdiqlandi:
· moddiy madaniy meros ob'ektini Moddiy madaniy meros ob'ektlari davlat kadastriga kiritish va chiqarish;
· Milliy muzey fondining Davlat katalogida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma'lumotnomalar berish;
· arxeologiya ob'ektlarini Arxeologiya ob'ektlari davlat katalogiga kiritish yoki undan chiqarish to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etish.
Mazkur davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali ko‘rsatiladi.
Davlat kadastri respublika hududida joylashgan barcha moddiy madaniy meros ob'ektlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat kadastrida axborot alifbo-raqamli (matn, jadvallar, ro‘yxatlar) va chiziqli-grafik (raqamli-grafik chizmalar, rejalar, sxemalar, uch o‘lchamli modellar, qirqimlar va o‘lchamlar) shakllarda yuritiladi
Davlat kadastri quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
· moddiy madaniy meros ob'ektlarining geografik joylashuvi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
· moddiy madaniy meros ob'ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisoblash.
Tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan ob'ektlarni davlat kadastriga kiritish yoki undan chiqarish:
· davlat mulki bo‘lgan madaniy meros ob'ektlariga nisbatan – mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining takliflari asosida;
· yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan madaniy meros ob'ektlariga nisbatan – yuridik va jismoniy shaxslarning takliflari asosida.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 14.08.2025 yildan kuchga kirdi.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsulti
U.Fayzullaev