Янгиликлар
Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘i bilan (11.08.2025 y. AV ro‘yxat raqami 3659) bojxona organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxati va tariflari tasdiqlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘i bilan (11.08.2025 y. AV ro‘yxat raqami 3659) bojxona organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar ro‘yxati va tariflari tasdiqlandi.
Bojxona organlari xizmatlari tariflari tasdiqlandi
Hujjat Prezidentning 25.03.2025 yildagi "Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-57-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ro‘yxat 68 turdagi xizmatlarni qamrab oladi, jumladan:
· eksport-import operatsiyalari bo‘yicha axborot olish (masalan, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari va bojxona brokerlari tomonidan mustaqil ravishda rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalari to‘g‘risida axborot olish);
· Bojxona qo‘mitasining axborot tizimlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilish orqali bir yil davomida O‘zbekistonning tashqi savdo (import-eksport) bojxona statistikasi bo‘yicha ma'lumotlarni olish (tovarlar soniga qarab tarif);
· kredit olish uchun tijorat bankiga murojaat qilgan jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tijorat bankiga uning so‘roviga asosan axborot tizimi orqali taqdim etish;
· Markaziy bojxona laboratoriyasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar:
– kimyoviy xossalari asosida to‘qimachilik matolarining tarkibini aniqlash;
– tovarlar ekspertizasi turi bo‘yicha xizmatlar va boshqalar.
· Bojxona instituti tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, xususan:
– "Tashqi iqtisodiy faoliyat" va boshqa yo‘nalishlarda o‘qish istagini bildirgan talabani o‘qitish va turar joy bilan ta'minlash;
· Milliy kinologiya markazi (it va mushuklarni klinik ko‘rikdan o‘tkazish va pasportlashtirish va h.k.).
Hujjat Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va SSP bilan kelishilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 12.08.2025 yildan kuchga kirdi.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuristkonsultiU.Fayzullaev