Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (08.08.2025 y. AV ro‘yxat raqami 3656-son) bilan Mikromoliya tashkiloti va bank faoliyati o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


Markaziy bank Boshqaruvining qarori (08.08.2025 y. AV ro‘yxat raqami 3656-son) bilan Mikromoliya tashkiloti va bank faoliyati o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjat faoliyatni o‘zgartirishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi:

· mikromoliya tashkilotining (MMT) mikromoliya banki faoliyatiga;

· mikromoliya bankining bank faoliyatiga;

· bankning mikromoliya banki faoliyatiga;

· mikromoliya bankining MMT faoliyatiga ta'siri.

 

Xususan, MMT faoliyat turini mikromoliya bankiga o‘zgartirish uchun MMT aksiyadorlik jamiyati tashkiliy-huquqiy shakliga ega bo‘lishi kerak.

 

Bunda mikromoliya bankini tashkil etish bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish shartlariga muvofiq ikki bosqichda amalga oshiriladi:

· mikromoliya bankini tashkil etishga dastlabki ruxsatnoma berish;

· bir vaqtning o‘zida litsenziya bergan holda mikromoliya bankini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Bank, mikromoliya banki yoki mikromoliya tashkiloti o‘z faoliyatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza bilan Markaziy bankka elektron shaklda murojaat qiladi.

Arizalarni ko‘rib chiqish va qabul qilingan qaror to‘g‘risida ariza beruvchini xabardor qilish "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi hamda "Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida"gi qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Mikromoliya bankini tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish, litsenziya berish va litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizalar ko‘rib chiqilganligi uchun ariza beruvchidan quyidagi miqdorlarda to‘lov va (yoki) davlat boji undiriladi:

· mikromoliya bankini tashkil etishga dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun  –  BHMning 5 baravari;

· litsenziya berganlik uchun  –  mikromoliya banki ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1%i miqdorida davlat boji;

· litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun  –  ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan to‘lov miqdorining yarmi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 09.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                                           
U.Fayzullaev