Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Intellektual mulk ob'ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq tartib-taomillarni soddalashtirish va yengillashtirishga, shuningdek intellektual mulk egalarining manfaatlarini va ularning qonuniy huquqlarini samarali himoya qilish chora-tadbirlarini ku


Intellektual mulk ob'ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq tartib-taomillarni soddalashtirish va yengillashtirishga, shuningdek intellektual mulk egalarining manfaatlarini va ularning qonuniy huquqlarini samarali himoya qilish chora-tadbirlarini kuchaytirishga qaratilgan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" 08.08.2025 yildagi O‘RQ-1080-son Qonun qabul qilindi.

Mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Jinoyat kodeksi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzishga oid modda bilan to‘ldirildi. Xususan, asarlardan yoki turdosh huquqlar ob'ektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar ob'ektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e'tiboriga yetkazish –  BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xuddi shunday harakatlar takroran yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoxud xizmat mavqyeidan foydalanib, OAVdan foydalanib, ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek Qonun bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

· intellektual mulkning ayrim ob'ektlarini ekspertizadan o‘tkazish muddatlarini qisqartirish;

· patent bojlarini to‘lash bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklarni joriy etish;

· intellektual mulk ob'ektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish va boshqalar.

 

Quyidagi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

· "Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida" (06.05.1994 y. 1060- XII-son);

· "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida" (06.05.1994 yildagi 1062-XII-son)

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 09.08.2025 yildan kuchga kirdi.



 Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuristkonsulti                                           
U.Fayzullaev