Янгиликлар
Bilasizmi ?
Bilasizmi ?
"Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"Qonun (https://www.lex.uz/uz/pdfs/7481639) imzolandi(O‘RQ-1058-son, 18.04.2025 y).
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunga Markaziy bank, kredit tashkiloti bo‘lmagan shaxslar tomonidan tashkil etilgan elektron faktoring platformalarining axborot tizimlari xavfsizligiga, kiberxavfsizligiga va ularni IT-auditdan o‘tkazishga doir talablarni belgilash hamda mazkur talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish kabi vakolatlarni belgilovchi qo‘shimcha kiritildi.
Bundan tashqari, Markaziy bankning ichki auditorlik xizmati o‘z faoliyatida Markaziy bank boshqaruviga va Auditorlik qo‘mitasiga hisobdorligi belgilandi
Qonun ko‘ra, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, rezidentlar o‘rtasidagi valyuta operatsiyalariga mijozning (kreditorning) kontragenti norezident bo‘lgan taqdirda, kredit tashkilotlari tomonidan pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash operatsiyalari amalga oshirilayotganda yo‘l qo‘yilishi belgilandi.
Fuqarolik kodeksiga pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) to‘g‘risidagi umumiy qoidalar kiritildi.
Faktoring haqidagi bildirishnoma garov reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish uchinchi shaxslarga nisbatan kuchga ega bo‘ladi.
Faktoring shartnomalari bo‘yicha moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish tartibi belgilandi.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xixmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsul’ti
To’ramurod Chegaboyev