Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Bilasizmi ?


Bilasizmi ?

 

"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga zargarlik sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"Qonun (https://www.lex.uz/uz/docs/-7483078) imzolandi(O‘RQ-1059-son, 18.04.2025 y).

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan 2027-yil 1-sentyabrgacha “Hunarmand” uyushmasining a’zolari uchun belgilangan soliq imtiyozlarining zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan va "O‘zbekzargarsanoati" uyushmasining a’zolari bo‘lgan YATTlarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilandi.

Shuningdek, mazkur YATTlarning ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi.

Bundan tashqari, “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida” gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, affinaj korxonalari qo‘shimcha ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tmay quyidagi huquqlarga ham ega bo‘lishi ko‘zda tutildi:

zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni qulay shakllar va hajmlarga keltirgan holda realizatsiya qilish;

qimmatbaho metallardan suvenir tangalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar o‘zlari qimmatbaho metallardan yasagan zargarlik buyumlarining yarim tayyor mahsulotlarini boshqa zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilish huquqiga egaligi belgilandi.

 

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi

Yuridik xixmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsul’ti                                                                              

To’ramurod   Chegaboyev