Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Bilasizmi?


Bilasizmi?

Mamlakat mustaqilligi e'lon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni hamda qimmatbaho ob'ektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga da'vo muddati joriy qilinmaydi.

 Madaniy boyliklar sifatida quyidagilar e'tirof etiladi:

xalqlar hayotidagi tarixiy voqyealar, jamiyat va davlat rivojlanishi, fan va texnika tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, atoqli shaxslar (davlat, siyosiy, jamoat arboblari, mutafakkirlar, fan, adabiyot, san'at arboblari) hayoti va faoliyatiga taalluqli ashyolar, tarixiy, badiiy, ilmiy va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan qurollarning har xil turlari;

tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan badiiy boyliklar;

arxeologik qazilmalar yoki arxeologik kashfiyotlar va topilma¬lar natijasida olingan ashyolar va ularning parchalari, tuproq namunalari, arxeologik, geologik va boshqa namunalar;

har qanday asosda va har qanday materiallardan butunlay qo‘lda ishlangan rasmlar va suratlar, har qanday materiallardan ishlangan va haykaltaroshlik asarlari, shu jumladan, bo‘rtma rasm¬lar, har qanday materiallardan ishlangan asl badiiy kompozitsiyalar va montajlar;

sig‘inish maqsadidagi badiiy bezatilgan ashyolar, etnografik ob'ektlar;

o‘yma naqshlar, litografiyalar, ksilografiyalar, grafikaning boshqa turlari va ularning asl bosma shakllari, amaliy-dekorativ san'at asarlari (shisha, loy, yog‘och, metall, suyak, mato va boshqa materiallardan ishlangan badiiy buyumlar), an'anaviy xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari;

arxitektura, tarix, badiiy yodgorliklar va monumental san'at yodgorliklarining tarkibiy qismlari va parchalari;

alohida yoki to‘plamdagi qadimiy kitoblar, shuningdek, tarixiy, ilmiy-badiiy, adabiy ahamiyatga ega bo‘lgan matbaa asarlari, noyob qo‘lyozmalar va hujjatli yodgorliklar, arxivlar, foto-, fono-, kino- va videomateriallar, musiqa asboblari;

filateliya, numizmatika, faleristika, bonistika, sfragistika ashyolari va boshqa to‘plamlar, tangalar, ordenlar, medallar, muhr¬lar, pochta otkritkalari (konvertlar) va to‘plamlarning boshqa ashyolari, noyob kolleksiyalar va flora hamda fauna namunalari, ilm-fanning mineralogiya, paleontologiya, anatomiya kabi tarmoqlari uchun ahamiyatli bo‘lgan ashyolar;

maishiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan maishiy va ilmiy priborlar, asboblar (soat, barometr, tarozi, durbin, foto-, kinoapparatlari, tikuv mashinalari va shu kabilar);

boshqa ko‘char buyumlar, shu jumladan, tarixiy, ilmiy-badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, davlat tomonidan tarixiy va madaniy yodgorlik sifatida muhofazaga olingan nusxalar.

Ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklar, davlat tomonidan muhofaza ro‘yxatlari va reestrlariga kiritilgan madaniy boyliklar, O‘zbekiston Respublikasining davlat va jamoat muzeylarida, arxivlarida, kutubxonalarida va boshqa saqlash joylarida doimiy saqlanayotgan madaniy boyliklar O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.

Qaytarilgan madaniy boyliklarning mulkdorlari ularni qaytarib olib kirishda bojxona to‘lovlari va maxsus yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi.

Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xixmat ko’rsatish markazi

 bosh  yuriskonsul’ti                                                                     

To’ramurod   Chegaboyev