Янгиликлар
Bilasizmi ?
Bilasizmi ?
"Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"Qonun (https://www.lex.uz/uz/pdfs/7488160) imzolandi(O‘RQ-1060-son, 22.04.2025 y).
Qonuniga asosan, qarzdorlarning majburiyatlarini bajartirish, garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish va ipoteka shartnomalarini amalga oshirishga oid tizim tubdan yangilandi. Unga ko‘ra:
Garov hisobga olinishi va realizatsiyasi:
Agar qarz 3 oydan ortiq muddatda kechiktirilsa yoki qarz miqdori garov qiymatining 25%idan ko‘p bo‘lsa, mol-mulk sudsiz kreditor hisobiga o‘tkazilishi mumkin;
Garov mol-mulki auksion, ijara, lizing, bo‘lib-bo‘lib sotish, yoki kelishuv asosida sotilishi mumkin;
Sotish narxi bo‘yicha kelishuv bo‘lmasa, mustaqil baholovchi tashkilot jalb etiladi;
Garov mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar birinchi navbatda kredit majburiyatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
Ipotekaga oid yangiliklar:
Agar qarzdor ipoteka shartnomasidagi to‘lovlarni 3 oydan ortiq muddat kechiktirsa, mol-mulkni sotishga ruxsat beriladi;
Qarzdorning holati juda og‘ir bo‘lsa, ipotekaga qo‘yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish rad etilishi mumkin;
Ipotekaga qo‘yilgan mol-mulkni boshqa shaxs ruxsatisiz garovga berishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Agar ipoteka garovidan tashqari qarzdorda boshqa mol-mulk bo‘lsa, o‘sha mol-mulk hisobidan talab qoplanadi.
Jinoyat va huquqbuzarlik holatida garov: Agar garov mol-mulki jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlikka doir ish yuzasidan olib qo‘yilsa ham, garov oluvchi o‘z talablarini ushbu mol-mulk hisobidan ustuvor tartibda qoplash huquqiga ega bo‘ladi.
Ijro va baholash tartibi:
Agar mol-mulk sud orqali ijro etilsa, uni baholash sud qarorlari asosida amalga oshiriladi;
Sotish narxi mol-mulkni realizatsiya qilish paytidagi baholangan qiymatdan 25%dan kam bo‘lmasligi shart.
Soliq va moliyaviy hisoblar: Agar mol-mulk realizatsiya qilinsa va u soliq hisobidan tashqarida bo‘lsa, u holda realizatsiya narxi bilan balansga kiritish bahosi orasidagi farq soliqqa tortiladigan asos sifatida belgilanadi.
Kreditni muddatidan oldin qaytarish huquqi:
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, kreditor qarzni muddatidan oldin qaytarishni talab qilishi mumkin;
Qarz to‘lanmasa, qolgan to‘lovlarni to‘liq to‘lash bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi mavjud.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xixmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsul’ti
To’ramurod Chegaboyev