Янгиликлар
Bilasizmi?
Bilasizmi?
“Haj va Umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi.
(https://t.me/huquqiyaxborot/17850)Farmonga (https://www.lex.uz/pdfs/7486257) muvofiq, fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oshirishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2025-yil 1-sentyabrgacha “Haj va Umra yagona portali” hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi.
Portalda:
“Haj” tadbirlariga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda “Umra” tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi;
“Haj” va “Umra” faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlar raqamlashtiriladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlandi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xixmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsul’ti
To’ramurod Chegaboyev