Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning dastlabki bosqichi qanday bo‘ladi?


O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning dastlabki bosqichi qanday bo‘ladi?

 

   Qonunning 16-moddasiga asosan Ma’lumotlarni va hujjatlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishning (biriktirishning) birinchi bosqichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmalari tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimida tegishincha ijara va mulk huquqini e’tirof etish masalasi ko‘rib chiqiladigan yer uchastkasining, binoning va inshootning elektron yig‘majildi (bundan buyon matnda elektron yig‘majild deb yuritiladi) yaratiladi.

Elektron yig‘majildga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi (biriktiriladi):

yer uchastkasining kadastr raqami;

yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

fuqaroning va yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, doimiy yashash joyi va telefon raqami;

rezident bo‘lgan yuridik shaxsning to‘liq nomi, ro‘yxatdan o‘tgan sanasi, manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va ushbu yuridik shaxs rahbarining telefoni raqami;

yer uchastkasi joylashgan manzil, yer fondining toifasi va maydoni, shuningdek 1984 yilgi koordinatalar butunjahon geodeziya tizimidagi (WGS-84) shartli chegaralar;

yer uchastkasining joylashuv sxemasi;

yer uchastkasidan amalda foydalanilish maqsadi;

yer uchastkasining ushbu Qonun 1-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlardan biriga mansubligi.

Elektron yig‘majild ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlarga ushbu Qonunning 4 — 12-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjudligini ko‘rib chiqish, shuningdek ma’lumotlarni va hujjatlarni kiritish (biriktirish) uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tegishincha yuboriladi.

Sodda qilib tushuntiradigan bo‘lsak, birinchi bosqichda barcha ish Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy bo‘linmalari tomonidan yuqoridagi ma’lumotlar shakillantiradi, platformaga kiritiladi. Hozirda xatlov ishlari boshlangan hududlarda agentlikning bo‘limlari tomonidan yuqoridagi ma’lumotlar shakillantirilmoqda.

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi     

bosh yuriskonsulti                       

Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon o‘g‘li